TIQXMMI yangiliklari

img
20.01.2024

Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

Bugun “Yer resurslari va kdastr” fakultetining iqtidorli va isteʼdodli talabalari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirning maqsadi iqtidorli va intiluvchan yoshlarni Prezident va nomdor stipendiyalar hamda turli tanlovlar bilan tanishtirish, yoshlarda bu yoʼnalishda motivatsiya uygʼotishdan iboratdir. Ushbu tadbir fakultet dekani Sh Norbayev,  Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan  muovini H.Eshova tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbir 2 va 3- kurs talabalari ortasida keng qamrovda otkazildi. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼlimi boshligʼi Zahiriddin Xolmatov  hamda ikkita Beruniy nomli davlat stipendiyalar nomzodi, fakultetimiz faollaridan Baxridinova Nodira va Jamaldinov Sunnatlar  oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Ular o'zlarining izlanishlari bilan o'rtoqlashishdi.

Darhaqiqat, fakultetimizda bugungi kunda iqtidorli talabalarimiz soni kengayib bormoqda. Iqtidorli talabalarimiz qilgan ishlari toʼgʼrisida qizqacha maʼlumot berib oʼtmoqchiman. Iqtidorli ijodkor tashabbuskor talabalarimiz uchun fakultetda alohida 407 - xona ajratilgan. Talabalarimiz fakultetda turli tadbirlar, zakovat, debat, quvnoqlar va zukkolar bundan tashqari har bir bayramlarda faol ishtirok etib keladilar.

Bugungi oʼtkazilgan tadbir ham talaba-yoshlarimizga manzur boʼldi deb oʼylaymiz. Shuningdek iqtidorli talabalarimizga ilmiy maqolalarni qanday yozish kerakligi to'g'risida professor-o'qituvchilarimizdan "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o'qituvchisi Aslanov Ilhom ma'lumotlar berib oʼtdi. Tadbir savol-javoblar bilan qiziqarli bo'lib o'tdi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati