TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2023

“Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusidagi tadbir

Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning jamiyatdagi oʼrni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qoʼllab-quvvatlash, oʼzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʼrnak boʼlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʼyobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, oʼz gʼoya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik koʼrsatayotgan qizlar munosib ragʼbatlantirib kelinmoqda.

Хabaringiz bor, har yili anʼanaga muvofiq davlatimizda barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, sanʼat, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, keng koʼlamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini ragʼbatlantirish maqsadida faol xotin-qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanishmoqda. Аna shunday qizlarimizdan biri Ruxshona Аbdurazzakova. Joriy yilning 26–may kuni “TIQXMMI” MTU, “Gidromelioratsiya” fakulteti Xotin-qizlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Zamira Beknazarova rahbarligida “G va G” kafedrasi oʼqituvchisi Gulnora Jumaboyeva va fakultet tyutori Dilbarxon Аxrarovalar tomonidan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir oʼtkazildi.

Tadbir mehmoni Ruxshonabonu Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini 14 yoshida qoʼlga kiritib Respublikamizdagi eng yosh sovrindori bo’lgan. 400 dan ortiq Respublika, Xalqaro diplom, statuetkar sohibasi. Bir necha she’riy kitoblar muallifi, Hindiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Rossiya davlatlarida oʼtkazilgan Xalqaro konferensiya va forumlar qatnashchisi, Prezident sovgʼasi «Spark» avtomashinasi bilan taqdirlangan, “Renessans davri yetakchisi» koʼkrak-nishoni sohibasi kabi yutuqlarga erishgan oʼzbek qizi.

Тadbirda Ruxshona oʼz hayoti, ijodi va erishgan yutuqlar toʼgʼrisida tengdoshlariga soʼzlab berdi va barchasining zamirida faqat mehnat va mehnat yotganligini qayta qayta aytib oʼtdi. Bugungi kunda, yurtimiz ayollariga, ayniqsa, isteʼdodli, iqtidorli qizlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar hech bir davlatda yoʼq ekanligini faxr bilan soʼzlab berdi. Bu suhbat talaba qizlarimizda yanada shijoat, Vatanga boʼlgan iftixorni yanada ortganligi yonib turgan koʼzlaridan koʼrinib turardi.

Universitet matbuot xizmati