TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

“ZO‘R” TV da “Chidaganga chiqargan”

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich faol, sho‘x-shaddod talaba-yoshlari bilan yoshlar uchun eng “ZO‘R” TVga sayohat uyushtirdik. “Aldama meni” ko‘rsatuvini olib boruvchi boshlovchi Marufxo‘janing yangi “CHIDAGANGA CHIQARGAN” ko‘rsatuvida tomoshabin sifatida qatnashdik.

Viloyatlardan kelgan yosh oilalardan tashkil topgan uchta juftlik  o‘zaro bellashuvidan tashkil topgan ushbu ko‘ngilochar ko‘rsatuv juda kulguli va qiziqarli bo‘ldi. Bellashuv yakunida g‘olib oilalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, buni esa siz “CHIDAGANGA CHIQARGAN” ni yangi sonini televizorda ko‘rib bilib olasiz.

 “Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati