TIQXMMI yangiliklari

img
27.10.2023

Ziyoratgohga sayohat

Joriy yilning 25 oktabr  "TIQXMMI" MTU «Gidromelioratsiya» fakulteti  tyutori  A.Shonazarov boshchiligida 1- kurs faol talabalari bilan "Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohiga" tashrif uyshtirildi. O'rta Osiyodagi noyob obidalardan biri Zangi ota nomi bilan mashhur bo'lgan so'fiylik targ'ibotchisi shayx Oyxo'ja ibn Tojxo'ja sharafiga shunday ataladi. Zangi otaning asli tug'ilgan va yashagan maskani Shosh viloyati bo'lib, Toshkent bilan Qovunchi oralig'idagi Zangi ota nomli qishloq. Zangi otaning otasi Tojxo'ja, uning otasi Abdulmalik ota, ul zot o'zining piri murshidi Mansur ota orqali Xoja Axmad Yassaviyga borib taqaladi.

Zangi otaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining eng og'ir davriga to'g'ri keladi. Zotan, XIII asrning 20 yillarida Mo'g'ul istilochilari Movarounnahrning eng yirik shahar va qishloqlarini vayron qiladilar. Oddiy mehnatkash xalqni esa qullik iskanjasiga soladilar. Zangi otaning bu xizmatlari vaqti kelib Amir Temur tomonidan munosib taqdirlandi. Zangi otaning qabri ustida maqbara qad rostladi. 1420 yilda esa Mirzo Ulug'bek uning ustiga hozirgi peshtoqni bunyod ettirdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori  A.Shonazarov axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati