TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2023

Ziyorat maqsadida

Joriy yilning 21 oktabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakultetining 102, 106-guruh talaba yoshlari  O'zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti  Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirlash maqsadida I.A.Karimov muzeyiga tashrif buyurishdi.

Birinchi Prezidentimiz o'zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o'chmas iz qoldirgan. Nafaqat O'zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro'-e'tiborga sazovor bo'lgan.

I.A.Karimov muzeyiga tashrif buyurishgan talaba yoshlar O'zbekistonning birinchi prezidenti Vatanimiz uchun ko'rsatgan jonbozliklarini xotirlab yodga olishdi. Talabalarimiz muzeydagi eksponatlar orqali boy taassurotlarga ega bo‘lishdi va ko‘tarinki kayfiyatda tadbir nihoyasiga yetdi.

GTQ fakulteti tyutori    D.S.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati