TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish - xavfsizlik garovidir

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich "Suv xo‘jaligi va melioratsiyasi"  va "Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish" yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv asoschisi guruh tyutori D. Axrarova.  O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti katta o‘qituvchilar Gulrux Abdullayeva va uning xodimi  bilan  1-bosqich talabalariga “Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish – xavfsizlik garovi” doirasida targ‘ibot tadbir o‘tkazildi. Tadbir talabalar tomonidan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi, talabalarga video rolik va eslatma hamda qo‘llanmalar tarqatildi.

ESLATMA!!!

Zilzila bo‘lgan vaqtida vahima ichida ko‘chaga yoki boshqa xonalarga yugurmang. Agar turgan joyingizda qolib, panaroq joy topsangiz, sizga kamroq zarar yetadi. Bundan tashqari, silkinish shunchalik kuchli bo‘lishi mumkinki, hatto uzoqqa yugurishga ham vaqtingiz bo‘lmaydi.

Agar ulgursangiz, silkinish kuchayganidan bir necha soniya ichida derazadan, oynadan, kitob javonlaridan va qulashi mumkin bo‘lgan boshqa mebellardan va narsalardan uzoqlashing.

Eshik oldida turmang. Undan ko‘ra stol osti xavfsizroq. Zamonaviy uylarda eshiklar binoning boshqa qismlaridan ko‘ra mustahkamroq emas — ular sizni qulab tushadigan predmetlardan himoya qila olmaydi.

"Gidromelioratsiya" fakulteti  tyutori  D. Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati