TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2024

Zamonaviy ayol rahbar qalbu qiyofati

O‘zbekistonda rahbar ayollar davlat siyosatini shakllantirish va turli sohalarda qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etmoqda. "Yuksalish" umummilliy harakati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi 33 foizga teng. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda. Shu nuqtai nazardan bugun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti” Milliy tadqiqot universitetida ko‘p yillar davomida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan ayollar bilan bog‘liq holda "Zamonaviy rahbar ayol qiyofasi" mavzusida VEBINAR tashkil etildi.  Unda O‘zbekiston  Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi” ABDUQUNDUZOVA NAZOKAT USMONQULOVNA tadbir mehmoni sifatida ishtirok etdi.  Tadbirni   ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Zuhriddin Haydarov kirish so‘zi bilan ochib davrani boshqarib borish uchun matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozovga navbat berdi.

Muhtaram Prezidentimizning "Ayollar ishlagan, rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo‘lishi hech kimga sir emas," degan fikrlari nechog‘li ahamiyatlidir.  Shu bois har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralarda bir-ikki yil ichida o‘z tizimidagi ayollarni rahbarlikka o‘qitib, kamida 1 nafar o‘rinbosarini ham ayollardan qo‘yib kelinayotgani buning isboti, yuksak e’tiborning yana bir yorqin ko‘rinishidir.

R.Jumaniyozov dastavval so‘z navbatini tadbir mehmoni Nazokatxon Abduqunduzovaga berdi. Nazokatxon o‘z faoliyati misolida ayol zoti nimalarga qodir bo‘lishini, oila bilan birgalikda o‘z kasbini sevishi unga kuch va shijoat baxsh etishini alohida ta’kidlab o‘tdi. O‘z maqsadi yo‘lida turli qiyinchiliklarga qaramasdan intilgan insonni muvaffaqiyatlar qarshilashini o‘z hayoti misolida izohlab o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qarashli matbuot nashrlarida faoliyat olib borgani, shuningdek, “So‘g‘diyona” gazetasida ishlagani o‘zlari iqtisodchi bo‘lsada jurnalistikaga mehr qo‘ygani borasida gapirib talaba qizlarga motivatsion ruh berdi. So‘ngra mehmon sifatida tashrif buyurgan yana bir fidoyi xotin-qizlardan biri Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha muovini Nasiba Shukurovna ham talabalarga o‘z hayoti bilan bog‘liq orzularining ushalgani haqida so‘zlab berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan davraga fayz kiritishdi. Ko‘pchiligi Nazokatxon va Nasibaxonga havas bilan qarashganini ular tomonidan berilgan savollardan anglab olish qiyin emas edi.  Keyin esa universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor  maslahatchisi Z.Ismoilova  so‘zga chiqib universitet miqyosida mavzu yuzasidan amalga oshirilgan ishlar borasida  so‘z yuritdi. Beruniy nomli Davlat stipendianti Baxriddinova Nodira universitetga mehr qo‘ygani imkon bo‘lganida yana qayta o‘qigan bo‘lardim deya ustozlarga o‘z ehtiromini bildirdi. Tadbirni tashkillashtirishda “Yer resurslari va kadastr” fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Hurriyat Eshova fakultetni xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova hamda “Gidrotexnika qurilishi fakulteti” xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi F.Yunusova va  fakultetlar tyutorlari jonbozlik ko‘rsatdilar. Tadbir yuqori saviyada, ko‘tarinki tarzda o‘tdi.

                                      Universitet matbuot xizmati