TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2024

“Zakovat” tanlovi

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva  tomonidan 1-kurs faol talabalari o‘rtasida “ZAKOVAT” tanlovi tashkil etildi. “Zakovat” mavzusi To‘lqin Hayitning “ANNA” asari bo‘ldi. O‘quvchilar uch guruhga bo‘lingan holda musobaqada faol ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni Vatanimizni sevish, mualliflarimiz ijodini bilish, bo‘sh vaqtlarini maksimal darajada samarali o‘tkazishdan iborat edi. Talabalarga yozuvchi hayoti va ijodini aks ettiruvchi ma’lumotlar, yozgan asarlari asosida savollar berildi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati