TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

«ZAKOVAT» intellektual o‘yini

2024-yil 5-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  “Xotin-qizlar kengashi” a’zolari, fakultet yoshlar ittifoqi kengashining tashabbusi  bilan, talaba-qizlar ishtirokida  “Intellektual haftalik“  doirasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani Q.Shavazov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.G‘aniboyevalar so‘zga chiqib, talaba-yoshlar o‘rtasida intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, talaba-yoshlarning   bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish,  fakultetda tahsil olayotgan zakovatli yoshlar uchun fikr-almashish imkoniyatini yaratish, zakovatga tuzilgan savollar milliy qadriyatlarimizga mos kelishi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘yin qizg‘in baxs-munozaralarga boy o‘tdi.

1-o‘rin -  Zukkolar, 2- o‘rin – Brilliant, 3-o‘rin – Qaqnus jamoalari qo‘lga kiritdilar. Zakovat o‘yinida faol qatnashgan guruhlardan  “Ilg‘or qizlar“, "Chaqqonlar", "107 malikalari", "Quvnoqlar", "Bilimdonlar" jamoalariga minnatdorchilik  bildiramiz.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva Axboroti

Universitet matbuot xizmati