TIQXMMI yangiliklari

img
04.07.2024

Yurist talabalar amaliyotda

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti “Yurisprudensiya” (transchegaraviy suv munosabatlari) va “Yurisprudensiya” (yer munosabatlari) 2-kurs talabalarining universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar sudi hamda Toshkent shahridagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlari, iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarida o‘quv-tanishuv amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Talabalar tomonidan olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, kasbiy faoliyat haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish, soha mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va mahorat hosil qilish, kasbiy mahoratni yanada rivojlantirish, sud hujjatlarini yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, xalq bilan muloqot madaniyatini oshirish va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida amaliyot o‘tashlari tashkil etilgan.

Amaliyot jarayonlari davom etmoqda.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekanati axboroti