TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2023

Yotoqxonaning ichki tartib qoidalari

        Har bir xonadonning tozaligi saranjom sarishta oshxonadan boshlanadi. “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakultetining 3-sonli talabalar yotoqxonasida yashayotgan talabalar bilan  uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda "Iqtisodiyot" fakulteti tyutori Gulbachor Shodiyeva ishtirok etib yotoqxonaning ichki tartib qoidalariga to‘liq amal qilishlari lozimligini aytib o’tishdi.  Oshxonaning tozaligi haqida, muzlatgichning tartibi va tozaligi, elektr jihozlaridan foydalanish qoidalari haqida ham bir qator tafsiyalar berishdi. Har bir xonalar holati ko’zdan kechirdilar. 

                                                                                                                                          “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati