TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Yotoqxonadagi tartib va tarkib

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Shodiyeva Gulbahor 3-son talabalar turar joyida fakultet qizlari bilan uchrashdi.  Uchrashuvda  ichki tartib qoidalari, tozalik, yotoqxonada o‘rnatilgan maishiy texnika vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish masalalari ko‘tarildi. Shuningdek, ahillik, hamjihatlikda yashash, munosabatlarda insonparvarlik tamoyillariga amal qilish zarurligi qayd etildi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati