TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Yotoqxonadagi sharoitlar

Joriy yilning 16 may kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi"  fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o’rinbosari A.Azimov, universitetning Profilaktika inspektori mayor A.Ubaydullaev, Profilaktika inspektori leytenant G.Xalilova va tyutori X.Saidova  tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida talaba qizlar ishtirokida universitetning ichki tartib-qoidalari, yotoqxonada yaratilgan sharoitlar, tozalik-ozodalik va tartib-intizomga amal qilish to'g'risida gapirib o'tdi. Fakultet tyutori X.Saidova va Profilaktika inspektori leytenant G.Xalilovalar shaxsiy gigiyena qoidalari to'g'risida alohida to'xtalib,  batafsil ma'lumotlar berib o'tdi. O'tkazilgan tadbirdan barcha yig'ilish ishtirokchilari o'zlariga tegishli xulosalar chiqarib olishdi.

GTQ tyutori X.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati