TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2024

Yotoqxonadagi  muammolarni  o’rganish

2024 - yil 27 - martda “Yer resurslari va kadastr" fakultetining talaba qizlari istiqomat qilayotgan 4 - talalabalar turar joyiga Fakultet xotin  - qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z. Xafizova va "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasining  o’qituvchisi A.Valievalar 4-TTJ ga talaba qizlarning yashash sharoitlari, TTJ tartib-qoidalariga, tozalikka rioya etishlarini tekshirish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif davomida har bir qavat va xonalarga kirib, talabalarning yashash sharoiti bilan  tanishdi, talaba-qizlar bilan alohida tozalik, shaxsiy gigiena va Ozodalik-tuman boylik mavzularida suhbatlashdi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy masalalarida tushuntirish ishlari olib bordi. Tashrif mobaynida talaba qizlarimiz uchun TTJda ularning dars tayorlashlari, madaniy hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligini va qavat sardorlari doimo talaba qizlarimiz xonalarini toza va jihozlarni asrab-avaylashlarini nazorat qilishlarini tayinladi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha   dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati