TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Yotoqxonadagi holatlar

5-aprelda talaba qizlarning muammo va kamchiliklarini o’rganish bo’yicha 4-talabalar turar joyiga “Yer resurslari va kadastr"  fakulteti xotin-qizlari masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik ” kafedrasi dotsent J.Xaitbaevalar tashrif buyurishdi. Talabalar turar joyi  – bu talabalarning yashash joyi hisoblanadi. Biz bilamizki, talabalar turar joyining ichki tartib intizomi mavjud. 

Talaba qizlar istiqomat qilayotgan xonalarning tozaligi tekshirildi va ular bilan birgalikda yotoqxonadagi muammo va kamchiliklar to’g’risida ham suhbat o’tkazildi. Talalabalar turar joyining komendanti  ham yotoqxonadagi muammo va kamchiliklar to’g’risida gapirib , kamchiliklar o’z vaqtida hal qilinayotganligini ta’kidlab o’tdi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha  dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati