TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2024

Yoshlarga namuna

"TIQXMMI" milliy tadqiqot universitetida "Melioratsiya va sug'orma dehqonchilik" ixtisosligi 1-bosqich tayanch doktoranti, O'zbekiston Respublikadan bakalavrlari uchun ta'sis etilgan Beruniy Davlat stipendiyasi 2019-yilgi tanlovim g'olibasi, 20 dan ortiq Xalqaro maqolalar egasi  Burhonova Munisa Ma'murjon qizi bilan  1-bosqich "Suv xo'jaligi va melioratsiyasi" yo'nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv asoschisi guruh tyutori D. Axrarova. Uchrashuvda  Burhonova Munisaning erishgan yutuqlari va bu yutuqlarga qanday erishsa bo'ladi degan mavzuda suhbat olib borildi.  Munisa o'zi qanday qilib bu universitetga kelib qolgani, hayoti davomida qanday qilib  zafarlar quchgani haqida talabalarga so'zlab berdi. Talabalar uni maroq bilan tingladi. Kimga ham yoqmaydi deysiz yutuqlarga erishish. Suhbat davomida berilgan savollarga atroflicha javob olindi.

"Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati