TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2024

“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida tadbir

2024 yil 18 aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekan o‘rinbosari O.Roʻziboyev va fakultet tyuterlari A.Shonazarov, G.Ahmedjonova, D.Ahrorvalar bilan hamkorlikda fakultetning 1-2-bosqich talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” vazifasi belgilanganligi, yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsion holatlarning har qanday shakliga jazoning muqarrarligi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli bandlari bo‘yicha sharhlar va korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligi xususida tushunchalar berildi.

Suhbat davomida talabalarga o‘quv jarayonlari tashkil etilganida ayrim talabalar tomonidan hududiy tibbiy muassasalar tomonidan betob talabalarni (oʻquvchilarni) darslardan ozod etish uchun qoʻllanadigan yagona tibbiy hujjat - 095\x shaklidagi ma'lumotnoma taqdim etildi. Mazkur taqdim etilgan 095\x shaklidagi tibbiy ma'lumotnomalarni soxtalashtirishda hujjatlarni qalbakilashtirish — muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatlardan ozod etadigan rasmiy hujjatlar, shtamp, muhr, blankalar tayyorlash va foydalanish jinoyatligi bu xildagi harakatlar uchun jinoiy huquqiy javobgarlik belgilab qoʻyilganligi toʻgʻrisida talabalarni ogohlantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarorining Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizomi va bitiruv malakaviy ishi, oraliq nazorat va yakuniy imtihonlarda guruh sardorlari Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi hamda “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi”da keltirilgan “278/4-moddasi Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “210-modda. Pora olish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’luot berib ularni ogohlikka chaqirdi. Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma'lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi buning javobgarligi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Ushbu olib borilgan profilaktik tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib faol ishtirok etishib, yetarlicha ma'lumotlarni olishdi. “Gidromelioratsiya” fakulteti dekan o‘rinbosari O.Roʻziboyev va fakultet tyuterlar tadbir so‘ngida, talabalar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot, profilaktik ishlarni olib borishdagi amaliy yordamlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limiga fakultet ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishKompleans nazorattizimini boshqarish  bolimi  mutaxassisi Karimjonov Izzatullo axboroti