TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” maqsadida “Korrupsiyaga - taraqqiyot kushandasi” mavzusida Profilaktik suhbat tashkil etildi

2024-yil 03-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, Universitet Sirtqi bo‘lim boshlig‘i Sh.Mardonov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o’rinbosari S.Tadjiyev bilan hamkorlikda sirtqi ta’limning 4-kurs guruh sardorlari ishtirokida “Кorrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” vazifasi belgilanganligi, yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsion holatlarning har qanday shakliga jazoning muqarrarligi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli bandlari bo‘yicha sharhlar va korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligi xususida tushunchalar berildi.

Suhbat jarayonida sirtqi ta'lim talabalariga o‘quv jarayonlari tashkil etilganida ayrim talabalar tomonidan hududiy tibbiy muassasalar tomonidan betob talabalarni (oʻquvchilarni) darslardan ozod etish uchun qoʻllanadigan yagona tibbiy hujjat - 095\x shaklidagi ma'lumotnoma taqdim etildi. Mazkur taqdim etilgan 095\x shaklidagi tibbiy ma'lumotnomalarni soxtalashtirishda Hujjatlarni qalbakilashtirish — muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatlardan ozod etadigan rasmiy hujjatlar, shtamp, muhr, blankalar tayyorlash va foydalanish jinoyatligi bu xildagi harakatlar uchun jinoiy huquqiy javobgarlik belgilab qoʻyilganligi toʻgʻrisida talabalarni ogohlantirildi.

Ushbu olib borilgan profilaktik tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib faol ishtirok etishib, yetarlicha ma'lumotlarni olishdi. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i Sh.Mardonov tadbir so‘ngida, talabalar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot, profilaktik ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.