TIQXMMI yangiliklari

img
17.06.2023

Yosh suvchi qizlar

Joriy yilning 16-iyunida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova va «Gidrologiya va Gidrogeologiya» kafedrasi Gidrometriya fani o'qituvchisi G.Jumaboyevalar 2-bosqich talaba qizlari bilan Chirchiq ohangaron havza boshqarmasiga qarashli Yashnabod tumanidagi Qorasuv kanaliga amaliyot o'tash uchun borishdi.

Amaliyot davrida talaba qizlar quyidagi ishlarni amalga oshirishdi:

1.   Po'kaklar yordamida oqim tezligini aniqlash;

2.  Oqim  tezligini vertushka yordamida o'lchash;

Talaba qizlar amaliyot davomida reyka yordamida kanalning ko'ndalang kesimini, namlik perimetri, gidravlik radiusini, eng chuqur nuqtasini aniqladilar.  Gidrometrik vertushka yordamida suvning tezligi o'lchandi hamda suv sarfini tezlik maydon usuli yordamida hisoblandi, po'kaklar yordamida suvning o'rtacha tezligini va soxta suv sarfini hisoblandi. Amalyot davomida suv sarfini aniqlashning 3 xil usulidan foydalanildi. O'quv amaliyoti davrida talaba qizlar yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlari uchun kerakli ko'nikma va malakalarni olishyapti. Malakali  kadr bo'lib yetishish uchun amaliyot o'tash juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan omillardan biridir.

 “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati