TIQXMMI yangiliklari

img
26.03.2024

Yosh avlod – kelajak poydevoridir

Har bir yosh avlodni ilmga, sohaga va kasbga yo‘naltirishda nafaqat ota-onasi, maktab va o‘qish maskani balki buvijonlarning ham o‘rni kattaligini e’tiborga olgan holda Prezidentimiz tomonidan har bir mahalla, tuman va viloyatlar kesimida "Buvijonlar maktabi" tashkil etishni tavsiya etdilar. Bu bejis emas albatta. Buning zamirida tarbiya, buning zamirida hayotga  qadam qo‘yishdagi maslahatlar, buning zamirida yana o‘z yo‘nalishini to‘g‘ri tanlay olish va kasbga yo‘naltirish ham e’tiborga olinadi. Shunday fikrlarni e’tiborga olgan holda Z.Ismailova tomonidan nabiralari Saydaminxon va Ismoilxon Yakubovlar buvijonini ishlaydigan universitetga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida universitetning barcha jabhalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, moddiy texnik baza, ARM faoliyati, A.Oripov muzeyi, Rektorat  xodimlarining faoliyati, universitetning tulmasi maketi va xolanki buvisining ish joyidagi faoliyati ham ularga juda qiziqarli bo‘lib, boy tassurotlarga sabab bo‘ldi. Bu esa kelajakda ular uchun katta bir burilishiga sabab bo‘lishi, o‘qishlarni a’lo baholarga bitirib OTM ga o‘qishga topshirishlariga bir turki bo‘lishiga asoslardan biri bo‘lsa ajab emas albatta. Yoshlar kelajagimiz poydevori degan ibratli so‘zlar doimo mana shunday tashriflar doirasida shakllanadi.