TIQXMMI yangiliklari

img
24.06.2023

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti talabalari o'quv amaliyotida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3702-sonli 2021 - yil 10-dekabrdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-42-sonli qаrоrlаridа belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 2 kurs talabalariga universitetning Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy - o'quv tajriba xo'jaligida Geodeziya fanidan o'quv amaliyot jarayoni tashkil etildi.

Shu bilan birga rektorat 37 - sonli bayonnomasining 30 - bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, universitet prorektori R.Q.Choriyev, fakultet dekani Sh.Narbayev va marketing va talabalar amaliyoti bo'lim boshlig'i X.Xayitovlar tashrif buyirib, bu yerdagi talabalar bilan uchrashuv tashkil etishdi. Uchrashuv vaqtida talabalarga o'quv amaliyoti davrida texnika xavfsizligiga rioya qilish va unumli o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berildi.

      Universiteti matbuot xizmati