TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

“Yaxshiyam sen borsan, ona” ko‘rik tanlovida

Joriy yilning 18-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “YAXSHIYAM SEN BORSAN, ONA” shiori ostida o‘tqazilgan videorolik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet dekan o‘rinbosari I. Buxorov, tyutorlar B. Abdullayev, D.Xudoynazarova va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandovalar ishtirok etib  g‘olib bo‘lgan talabalarga o‘z  samimiy tilaklarni bildirib o‘tdilar.

Ko‘rik tanlovning “Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishi bo‘yicha universitet iqtidorli talabalari quyidagicha taqdirlandilar.

1-o‘rin “Yer resurslari va kadastr'” fakulteti 208-guruh talabasi Quvondiqova Mohinur

2-o‘rin “Gidrotexnika qurilishi”  fakulteti 104 gurux talabasi Musoqulova Sevinch

3-o'rin “Energetika”  fakulteti 106-guruh talabasi  Ziyodullayev Shoxjahonlar estalik sovg‘alar  va sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Ko‘rik tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati