TIQXMMI yangiliklari

img
07.09.2023

Yangi marralar sari olg'a!!!

Joriy yilning 4 sentabr kuni universitet psixologi xonasida universitet Xor jamoasi a'zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir 2022-2023- o'quv yili uchun yangi repertuar tayyorlash maqsadida tashkil etildi. Jamoa a'zolari yangi o'quv yilida ommaga havola etiladigan repertuarlarini yanada boyitish orqali muxlislar qalbidan munosib o'rin egallash va har bir bayram uchun alohida qo'shiqlar yaratib universitet miqyosida o'tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish uchun tayyorgarchiliklarini birinchi o'quv kunidanoq qizg'in tarzda boshlab yuborishdi. Jamoa a'zolariga kelgusi o'qish va ishlariga omadlar tilab: “Yangi marralar sari olg'a!!!” shiori ostida tadbir nihoyasiga yetkazildi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati