TIQXMMI yangiliklari

img
22.02.2024

Yangi imkoniyatlar yangi eshiklar

Joriy yilning 21-fevral kuni “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor o’qituvchilari хususan, prof. Gapparov.F.A, kafedra mudiri dot.Ro’ziyev.I.M, dot.Mansurov.S.R. lar O’zbekiston Respublikasi Kosmik tadqiqotlar agentligi huzuridagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida tomonlar kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, innovatsiyalar va startaplar sohasida tenglik va o’zaro manfaat tamoyillari asosida kadrlar salohiyatini oshirish va sohada hamkorlikni rivojlantirish va qo’llab - quvvatlashga intilish yuzasidan Memorandum imzoladilar.

Universitet matbuot xizmati