TIQXMMI yangiliklari

img
23.06.2023

Yangi hayotga yo‘llanma

Inson umri dovonlar osha ilgarilanma harakat. Hayotning turli bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish bilim va malaka, aql va idrokni talab etadi. Taʼlimning muhim va masʼuliyatli bosqichlaridan biri bakalavriat bosqichi ekani tayin.

2023-yilning 21-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Bitiruvchi – 2023” talabalarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda universitet rahbariyati, professor o‘qituvchilar, ish beruvchi tashkiloti vakillari, ota-onalar va bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni rektor kirish so‘zi bilan ochib bugungi kunda universitetning nufuzi respublika va xalqaro miqyosda oshib borayotgani, ushbu ko‘rsatgichning malakali bitiruvchilarga ham bog‘liq ekanini taʼkidlab hozirgi kunda universitetni tamomlagan kadrlar mamlakatimizning turli jabhalarida mehnat qilayotganini gapirib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda 2023-yilda bakalavr yo‘nalishini – 1061 nafar yoshlar, magistratura yo‘nalishini – 275 nafar, sirtqi taʼlim yo‘nalishida esa – 398 nafar yoshlar qo‘llariga diplom olayotganliklari taʼkidlandi.

Tadbir davomida professor o‘qituvchilar va ish beruvchi tashkiloti vakillari tomonidan talabalarni diplom olayotganliklari munosabati bilan tabriklar yo‘llandi. Ota-onalar va bitiruvchi talabalar tomonidan esa ota-onalarcha mehri, qalb qo‘rini ayamay taʼlim bergan ustozlarga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir yakunida taniqli sanʼat vakillari ishtirokida badiiy chiqishlar bitiruvchi talabalar va yig‘ilganlarga namoyish etildi.

Tadbir “Yoshlar" telekanalida yoritildi.

Universitet matbuot xizmati