TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Yakuniy nazorat imtihon jarayonlari tahlili

Iqtisodiyot fakultetida o'quv jarayoni bilan bog'liq tizimda fakultet dekani tashabbusi bilan fakultetda ta'lim sifatini oshirish maqsadida yakuniy nazorat imtihonlarini markazlashtirilgan holatda tashkil etish, tahlil qilish, savollar bankini shakllantirish, onlayn kuzatish, appelyatsiya komissiyasi faoliyatini jonlantirish hamda talabalar, o'qituvchilar murojaatlarini o'rganish yo'lga qo'yildi.

Yakuniy nazoratlarni kuzatish uchun universitet rahbariyati ham tashrif buyurdi. Yakuniy nazoratlarning barchasi yozib olinib, tahlil qilinmoqda. Fakultetda semestr yakunlari bo'yicha so'rovnoma o'tkazish hamda professor-o'qituvchilar va talabalarning fikrlari asosida ta'lim sifatini yanada oshirish masalalariga e'tibor qaratish kun tartibidan joy olmoqda.

Universitet matbuot xizmati