TIQXMMI yangiliklari

img
28.02.2024

Yakuniy nazorat – bilimlar sarhisobi

O‘qituvchi uchun talabaning bilim-saviyasi va o‘zlashtirish darajasini bilish maroqli va mazmundor. Xuddi dehqon urug‘ ekib, don sochib uning hosilini va samarasini his etib shod bo‘lgani kabi. Shuning uchun ham talaba bilimlarini sinashga qaratilgan nazorat natijalari doimo ahamiyatlidir. Bu ta’limning natijadorligi va sifatini ta’minlovchi muhim mezondir. Universitetimizda bu masalaga alohida e’tibor qilinadi.

O‘zbekiston  Respublikasi Vazir Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 824-son qarori,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 29-sentyabrdagi «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni joriy to‘g‘risida»gi 820-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va uning  tasarrufidagi filiallarida yakuniy nazorat  imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi ishlab chiqilgan. Yakuniy nazorat talabalarning semestr davomida o‘zlashtirgan fan bo‘yicha talabaning qobiliyat va iqtidorini hamda bilimi yuqori bo‘lgan talabalarni aniqlash, talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashdan iborat.

Universitetning kunduzgi  bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Yakuniy nazorat imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish universitet rektori buyruqlari asosida imtihonni o‘tkazish uchun har bir fan bo‘yicha kamida 3 nafardan malakali mutaxassislar va amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat yakuniy nazorat komissiya raisi va a’zolari tuzilgan. Yakuniy nazorat komissiya raislari va uning tarkibiga tavsiya qilingan a’zolar imtihonlarning adolatli o‘tkazilishini ta’minlamoqdalar.

Universitet matbuot xizmati