TIQXMMI yangiliklari

img
28.02.2024

Yakuniy nazorat - bilimlar sarhisobi

O‘quv maqsadlari bu-muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, xatti-harakat bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va faoliyatni belgilaydi. Boshqacha aytganda-o‘quv maqsadlari ta’lim jarayoni oxirida kutilayotgan natijadir.

Universitetimizda 1-kursga ta'lim olayotgan talabalarimiz uchun navbatdagi Bilimlar sarhisobi 26 fevraldan boshlangandi.  Sarhisob natijalarini aniqlash maqsadida "Oliy matematika" kafedrasida o‘qitiladigan fanlardan ham Yakuniy nazoratlar fakultetlar kesimida o'tkazilib kelinmoqda. Jarayonni bevosita kuzatish uchun universitetimiz O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, kafedramiz professori ustoz B.Xudayorov ham tashrif buyurib talablarimizga yuqori natijalarni zabt etishlari uchun omad tiladilar! Yakuniy nazoratlarni o‘tkazuvchi mas'ullarga taklif va tavsiyalarini aytib o‘tdilar.