TIQXMMI yangiliklari

img
13.04.2024

Xushxabar

Joriy yilning 15 mart kuni "TIQXMMI" MTU  "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 106 - guruh talabasi Mahalla yoshlar oʻrtasida besh bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sportning STOL TENNISI  turi boʻyicha oʻtkazilgan sport musobaqasining sektor bosqichida 2 - oʻrin egallaganligi uchun Ashurov Abdugʻofur Bahodir oʻgʻli DIPLOM bilan taqdirlandi.

Ushbu talabamiz yanada zafarlar va yuksakroq natijalarni egallashiga tilakdoshmiz! Medal muborak boʻlsin, Abdugʼofur!

Universitet matbuot xizmati