TIQXMMI yangiliklari

img
26.12.2023

Xush xabar!!!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yil rejalari muhokamasi yuzasidan joriy yilning 26 dekabr kuni an’anaviy "Iste’dodli yoshlar forumi" tashkil etildi. Forumda jamg‘arma raisi, akademik O.Salimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Xodjimatov va kòplab OTM rahbarlari hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Universitetimiz Gidromelioratsiya fakulteti dekan o‘rinbosari, Mard o‘g‘lon davlat mukofoti sohibi Melikuziyev Sarvarbek Maxmud o‘g‘li mazkur forumda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Xodjimatov tomonidan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yosh tarĝibotchilari guruhi a’zosi etib tayinladi!