TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

Xotirlash yuksak ehtirom

Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti tyutori A.Haydarov boshchiligida  1 - bosqich talabalari Islom Karimov majmuasiga tashrif buyurishdi. Darhaqiqat, Yer yuzida tinchlikni saqlashga,  xalqlar do‘stligini mustahkamlashga, umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi jahon hamjamiyati e’tirof etilgan mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi Islom  Karimovning muqaddas xotirasi e’zozga loyiqdir. Bugungi  talabalarimiz birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatganlarida mamnun bo‘lishdi.

Tyutor A’zam Haydarov axboroti

Universitet matbuot xizmati