TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2023

Xotin-qizlarning navbatdagi rеjalari.

         Joriy yilning 8 noyabr kuni Xotin-qizlar maslahat kengashining nabvatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilish bevosita universitet xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolarini yangilash masalasini o‘rtaga tashladi. Bu borada xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Z.Ismailova tomonidan  ishlab turgan faoliyatini olib borayotgan kengash a’zolarini  3 yillik faoliyati tahlil qilindi va kelajakdagi rejalar va olib borilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr berildi. Bu borada xotin-qizlar va shu bilan birga talaba – qizlar orasidagi hamkorlik faoliyatini jadallashtirish, ular orasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib muammolari va  ularni bartaraf etishga o‘z xissalarini qo‘shgan holda “Do‘st-do‘st bilan”, “Xonadosh-xonadosh bilan”, “Kursdosh – kursdosh bilan” kabi shior ostida ish olib borish rejasi tuzildi.      

 

         Bunga bevosita xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari va ularni har bir fakultetdagi qizlar bilan ishlovchi kordinatorilari rahbarlik qilib borish masalasi  kelishib olindi. Yangi xotin-qizlar maslahat kengashi safiga fakultetlar kesimida kordinator talaba – qizlar ham kiritilishi ko‘zda tutildi. Faoliyat ko‘rsatib kelayotgan  kengash a’zolaridan bir qancha ayol professor-o‘qituvchilar kengash tarkibini tark etishlariga to‘g‘ri keldi bu borada ular tomonidan faollik  ko‘rsatilmaganligi sababli. Bu boradagi fikrlarni yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor R.Choriyev ham qo‘llab quvvatladilar va o‘z fikrlari va takliflari bilan yig‘ilishda ishtirok etdilar.