TIQXMMI yangiliklari

img
04.11.2023

“Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” bo‘yicha tadbir

Bugungi kunda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni zo‘ravonliklardan, shu jumladan oilada sodir etiladigan jinoiy zo‘ravonliklardan himoya qilish mexanizmi mustahkamlab qo‘yilgan. “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi tashabbusi bilan 2023 йил 2 ноябрь куни “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” bo‘yicha tadbir tashkil etildi. Tadbir Yoshlar ishlar ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlar hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirga Mirzo Ulug‘bek tumani IIB foliyatini muvofiqlashtirish huquqbuzarliklar proflaktikasi bo‘limi xotin qizlar masalari bo‘yicha katta inspektori Tursunaliyeva Lola Baxtiyorovna, Molashxiya Tamara Yuriyevna, Yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektor kapitan Adilxanova Nigora Abduvasikovna va katta leytenant Boyquziyeva Xilola Xayot qizi taklif etildi. Ichki ishlar xodimlari tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunning mazmuni va ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi va tashkilotlari vakolatlari, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi chora-tadbirlar, ularning turlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni maxsus markazlarga joylashtirish va boshqa maslalar xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Qonunga asosan himoya orderini berish tartibi, muddati, muddatning uzaytirilishi, Ichki ishlar boshqarmasi xodimi tomonidan mazmunli tarzda tushuntirib berildi. Ma'ruzachilar tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, shuningdek gender tenglikni ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish ishlari bir necha yo‘nalishlarda, xususan, ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirilayotganligi alohida qayd etildi. Umuman olganda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ Qonunining maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Tadbir tashkilotchilari tomonidan bu kabi seminar va boshqa targ‘ibot tadbirlari kelgusida yana tashkillashtirilishi haqida kelishib olindi.