TIQXMMI yangiliklari

img
01.07.2024

Xorijoy hamkorlik aloqalari.Xitoy Xalq Respublikasi-Pekin shahri

28-iyun kuni MinoSpace kompaniyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “TIQXMMI” MTUning sun’iy yo‘ldosh kemasini uchirish borasida suhbat bo‘lib o‘tdi. “TIQXMMI” MTUning sun’iy yo‘ldosh kemasini uchirishda kosmonavtika sohasi bo‘yicha kamida 10 nafar mutaxassislar malakasini oshirish lozimligi va dastlab 10 kg vazndagi kemani fazoga uchirish lozimligi borasida suhbatlashildi. Shu bilan birga MinoSpace kompaniyasining maxsus laboratoriyasi bilan tanishilib, xozirda kompaniya orbitaga uchurgan 24 dona  sun’iy yo‘ldosh kemasi kuzatildi va sun’iy yo‘ldosh kemasini yig‘ish sexidagi ish jarayoni bilan tanishildi. Kelajakda hamkorlida “TIQXMMI” MTUning sun’iy yo‘ldosh kemasini orbotaga uchirishga yaqinday yordam berishga MinoSpace kompaniyasi tayyor ekanligi kompaniya mas’ullari tomonidan ta’kidlandi.