TIQXMMI yangiliklari

img
29.06.2024

Xorijoy hamkorlik aloqalari

Xitoy Xalq Respublikasi-Pekin shahri 24-iyun kuni Xitoy Fanlar Akademiyasi Geografiya fanlari va tabiiy resurslarni tadqiq qilish institutiga tashrif buyurilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini tiklash orqali fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish borasida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish orqali ilmiy darajalar berishga bir qator kelishuvlar muhokama qilindi. Bu boradagi kelishuvlarni imzolash uchun Xitoy Fanlar Akademiyasi Geografiya fanlari va tabiiy resurslarni tadqiq qilish institutining vakillari 2024-yilning avgust oyida “TIQXMMI” MTUga tashrif buyurishlari rejalashtirildi.