TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2023

Xorijliklar bilan ta'limdagi hamkorlik

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari Erasmus+ dasturi BioEcUz loyihasi doirasida Finlyandiya davlatining JAMK(Jyväskylän ammattikorkeakoulu) universitetida xizmat safaridan lavha:

Erasmus+ dasturi BioEcUz loyihasi doirasida Finlyandiya davlatining JAMK (Jyväskylän ammattikorkeakoulu) universitetida 2023 yil 19 maydan boshlab universitet professor-o‘qituvchilari, jumladan, professorlar B.Sultanov, B.Karimovlar, dotsentlar Q.Raxmonov, Sh.Murodov va Sh.Raxmonovlar, hamda doktorant U.Alimovlar xizmat safarida bo‘lib turishipti.

Safarning ilk kunlaridan boshlab mazkur loyiha ishtirokchilari Finlyandiyaning Jyväskylä shahrida qator ilmiy seminar va treninglarda ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, Jyväskylä Region Wastewater Treatment Plant Ltd, Mustankorkea waste centre va Jyväskylä University ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurib, hozirgi kundagi turli sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi va qimmatbaho metallarni olish imkonini beruvchi zamonaviy laboratoriyalarni ko‘zdan kechirishdi.

Mazkur tashrif davomida  Jyväskylä University professor-o‘qituvchilari tomonidan turli mavzularga oid taqdimotlar namoyishida ishtirok etishdi. "TIQXMMI" MTU va Jyväskylä University olimlari o‘zaro bilim va malaka almashishdi. Kelgusi rejalar va istiqbolda yangi loyihalar yaratish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish rejalari tuzildi.

           Universitet matbuot xizmati