TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2024

Xorijiy stajirovka

Vengriyaning Budapesht shahrida stajirovka o‘tayotgan universitet doktorantlari D.Akbarov, Y.Raximov va A.Davirovlar 10-may kuni Obuda Venchure Kapital universitetida menejeri Hild Imre va Khader Attila bilan uchrashib, universitetning maqsad vazifalari va erishilgan natijalar bilan tanishdilar. O‘zaro ma’lumot almashuv jarayonida global raqobat sharoitida rivojlanish bosqichlari, talablari va majburiyatlari haqida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.