TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2023

Xorijda stajirovka o'tashmoqda

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi" mutaxassisligi magistrantlari Jalilov Sirojiddin, Ruziyev Dilmurod, Zokirov Ilhomjon, Jalilova Xumoralar joriy yilning mart-aprel oylarida "Slovak university of agriculture in Nitra" universitetida stajirovka o'tashmoqda.

Hozirgi kunda yosh olimlarimiz, suv omborlari, kanallar va suv tejamkor sug'orish texnologiyalaridan oqilona foydalanish kabi ilmiy mavzularda o`zlarining malakalarini oshirib kelishmoqda.

Tadqiqotlar o'tash va turli dasturlarni o'rganishdan tashqari, boshqa universitetlar bilan uchrashuvlar o'tkazish, u yerdagi mavjud texnika va texnologiyalarni o'rganish va turli konferensiyalarda ishtirok etish bilan vaqtlarini mazmunli va maqsadli o'tkazishmoqda.

    Universiteti matbuot xizmati