TIQXMMI yangiliklari

img
08.09.2023

Xorij professoridan dastlabki darslar

Bugungi kunda universitimizning xalqaro nufuzini oshirish yo’lida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda va sir emaski universitetimizni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari ham tanib ulgurdi. Shu kunlarda universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasiga tashrif buyurgan AQSH ning Texas universiteti professori Khalid Miah kaferda magistrlari va tayanch doktorantlariga “Signallar va sistemalar” (Signals and systems) hamda “Raqamli signallarni qayta ishlash” (Digital signal processing) fanlaridan dars o’tib kelmoqda.

Albatda yosh olimlarimiz uchun professor Miah kabi tajribali xorij professorlarining ahamiyati katta. O’ylaymizki professor Miahning bilim va ko’nikmalari yosh olimlarning kelajakdagi ilmiy ishlarida muhim rol o’ynaydi.