TIQXMMI yangiliklari

img
09.04.2024

“Xon atlas” - milliy g‘ururimiz

"Gidromelioratsiya" fakultetida milliy  liboslar haftaligi davom  etmoqda. Ya’ni, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining 2024-yil 3-apreldagi 02-01/471-sonli xatining  ijrosi sifatida joriy yilning  8 - аprel  kuni dars mashg'ulotlari milliy liboslarda olib borildi.

Bundan maqsad, yosh kadrlarni tayyorlashda milliylik va zamonaviylik, milliy meros darajasidagi liboslarni keng targ‘ib qilish, yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy ahloq qoidalarini, did va estetik qarashlarni shakllantirishdan iboratdir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati