TIQXMMI yangiliklari

img
13.12.2022

Xizmat safari qizgʻin davom etmoqda

“Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Atxam Borotov va 2-kurs tayanch doktoranti Nurali Ashurovlar “Rossiya Federasiyasi Ivan Ivanov nomidagi Kursk qishloq xo‘jaligi akademiyasi”ga ilmiy-pedagogik stajirovka vaqtida Kursk tumani Qishloq xo‘jalik texnikalarini sinash markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog‘ida Qishloq xo‘jalik texnikalarini sinash markazi bosh muhandisi Brejnev Aleksandr Leonidovich kutib oldilar va barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib chiqdilar.

Shundan so‘ng akademiyani laboratoriya jihozlari va uslubiy ko‘rsatmalar bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarimizga o‘rgatish maqsadida qiziqarli bo‘lgan 40 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalarni elektron variantlarini oldilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”  fakulteti Yoshlar bilan ishlash   bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati