TIQXMMI yangiliklari

img
25.06.2024

Xitoyning Tongji universiteti tashrifi

Xitoyning Tongji Universiteti (TOP #192) delegatsiyasi universitetimizga tashrif buyurdi. Uchrashuvni Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.Saloxiddinov ochib berdi va universitetimiz haqida ma’lumot berib o’tildi. O’z navbatida  Tongji universiteti vitse prezidenti Mr. Peng Zhenwei delegatsiya tarkibi tanishitirb o’tdi hamda Xalqaro hamkorlik bo’lim direktori  Chen Yiliga zo’z berdi. Chen Yili oz’ navbatida universitet haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

Uchrashuvda xamkorlikda loyihalar amalga oshirish, konferensiya tashkil etish, o’zaro professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish bo’yicha atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuvdan so’ng suv va energetikaga oid laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirib o’tildi. So’ngra ikki universitet o’rtasida o’zaro anglashinuv memorandum imzolandi.