TIQXMMI yangiliklari

img
25.07.2023

Xitoyning Sanya shahrida yangi CIAERA ni tashkil etishning ochilishi Inauguratsiya va birinchi yalpi majlisi “TIQXMMI” MTU rektori, professor Mirzayev B.S. raisligida bo‘lib o‘tkazildi

Xitoyning Sanya shahrida yangi “Osiyoda qishloq xo‘jaligi taʼlimi va tadqiqotlari innovatsiyalari konsorsiumi” (CIAYERA)ni tashkil etishning ochilishi Inauguratsiya va birinchi yalpi majlisi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzayev B.S. raisligida bo‘lib o‘tkazildi.

Professor Mirzayev B.S. “Pandemiyadan keyingi davrda ilmiy-tadqiqot va taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bo‘yicha dialog” plenar maʼruzachisi sifatida ishtirok yetdi. CIAERA konsorsiumi 2019-yildan beri Nankin qishloq xo‘jaligi universiteti, Michigan shtat universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, tarkibiga Osiyodagi aksariyat universitetlar kiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi universitetlari “TIIQXMMI” MTU tomonidan taqdim etilgan.

CIAERA konsorsiumi aʼzolari yillik AsiaHUB yig‘ilishini o‘tkazdilar, unda asosan xalqaro tadqiqot loyihalari yo‘nalishlari muhokama qilindi. AsiaHAB yillik yig‘ilishida EcoGIS markazi rahbari professor Po‘latov A.S. “ AsiaHUB mintaqaviy dasturlari va Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi tadbirlari” mavzusidagi birinchi yalpi majlisi maʼruzachi sifatida qatnashdi. Konferensiyaga 11 davlatdan (XXR, AQSH, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bangladesh, Indoneziya, Tailand, Myanma, Laos, Vetnam, Filippin) 200 dan ortiq ishtirokchilar taklif etildi.