TIQXMMI yangiliklari

img
12.07.2024

Xitoy hamkorlik haftasi so‘ngida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida Xitoy-O‘zbekiston ilg‘or muxandislik maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Qingdao agrar universiteti rektori, professor ZHAO Jinshan boshchiligidagi delegatsiya «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida bo‘ldi va ikki universitet rektorlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Zoom platformasi orqali Xitoy jamoasi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar. Unda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan, dunyo va mintaqadagi dolzarb muammolar yechimiga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar tashkil etish va har ikki mamlakat uchun muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida universitet rektorlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida "Xitoy-O‘zbekiston barqaror rivojlanishda ilg‘or muhandislik maktabi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maktabning asosiy maqsadi Xitoy-O‘zbekiston hamkorligi doirasida aqlli qishloq xo‘jaligi texnikasida yangi innovatsiyalar yaratish va ikki davlat qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishdan iboratdir.