TIQXMMI yangiliklari

img
24.08.2023

Xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari suv va energetika ob’ektlariga tashrif buyurishdi

“Sug‘orma dehqonchilik uchun suv–energiya–oziq-ovqat–atrof-muhit o‘rtasidagi bog‘liqliklarining barqarorligini baholash: Markaziy Osiyo bo‘yicha fanlararo yondashuvlar” mavzusidagi 2-Xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari Toshkent viloyatidagi suv va energetika ob’ektlariga tashrif buyurishdi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilayotgan 2-Xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari 2023 - yilning 23 - avgust kuni Toshkent viloyatida joylashgan “ToshGRYeS” nasos stansiyasi, Yuqori Chirchiq suv taqsimlash inshooti, “Tuyabo‘g‘iz” suv ombori va uning qoshidagi “Tuyabo‘g‘iz”  gidroelektrostansiyasi bilan tanishishib, dala amaliyotini o‘shtashdi.

Ma’lumot o‘rnida:

Yozgi maktab TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, Germaniyaning Leybnits qishloq xo‘jaligini landshaftlari ilmiy-tadqiqot markazi (ZALF), Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) va Qurg‘oqchil mintaqalar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazlari (ICARDA), O’zbekiston Yoshlar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilib, unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Germaniya, Ekvador, AQSh hamda O’zbekistonlik  doktorantlar va yosh olimlar ishtirok etishmoqda.

Xalqaro yozgi maktab 25 avgustga qadar davom etadi.

“ToshGRYeS” nasos stansiyasi

Yuqori Chirchiq suv taqsimlash inshooti (VChVU)

“Tuyabo‘g‘iz”  gidroelektrostansiyasi

“Tuyabo‘g‘iz” suv ombori