TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2023

“Xalqaro qizlar kuni”ga bag’ishlandi

Bugun universitetimizda “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun" shiori shiori ostida ijodiy kecha oʼtkazildi. Unda "Yer resurslari va kadastr" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, fakultetlat tyutorlar hamda talaba-qizlari ishtirok etishdi.

“Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan o'tkazilgan tadbir 2 qism doirasida tashkil etildi. Tadbirni birinchi qismida bilimli chanqoq qizlarimiz o'zlarini inovatsion g'oyalari asosida taqdimot qilishdi. Tadbirni ikkinchi qismida esa faol ijodkor qizlarimiz tomonidan tayyorlangan ajoyib badiiy qism egalladi. Аvvalida qizlarni madh etuvchi, ularning ijtimoiy faolligini oshiruvchi ijtimoiy rolik namoyish etildi.

Tadbirga so'zga chiqqan fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova talaba-qizlar, ayollar masalasi, ularning salomatligini yaxshilash, taʼlim olishiga shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga koʼmaklashish davlat siyosati darajasiga koʼtarilgani quvonarli hol ekanligini va bu borada talaba-qizlarning faolligi ham muhim bosqich ekanligi haqida turli hayotiy misollar bilan soʼz yuritdi. Qolaversa, “Olima ayollar” klubining qizlar oʼrtasida oʼzaro doʼstlik, hamfikrlik, bir-biriga daxldorlik munosabatlarini shakllantirishdagi oʼrni haqida maʼlumotlar berildi.

Eng muhimi, ishtirokchi qizlar farovon jamiyatni qurishda yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yoʼlida bor kuch-gʼayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir qizlar juda kerakli ekanligini yana bir bor teran anglashdi. Ushbu tadbirni tashkillashtirgan unversitet rahbariyatiga va "Yer resurslari va kadastr" fakulteti jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati