TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

Xalqaro qizlar kuni

Har yili 11 oktyabrda butun dunyo bo‘ylab qizlar kuni keng nishonlanadi. Chunki BMT Bosh Assambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan, 11 oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” (International day of the Girl Child) deb e’lon qilingan. Universitetimizning baxtli qizlarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz. Ko‘zlaringiz quvonchdan kulsin! Kelajakda jamiyatga o‘z hissasini qo‘shadigan, oilaning sarishtali farishta bekasi bo‘ladigan ajoyib inson bo‘lsinlar!!! Bizlarning avlodimizdan buyuk yetakchi ayollar chiqqan, hozirgi imkoniyatlardan kelib chiqib qizlarimiz orasidan dunyoni lol qoldiradigan olimalar, buyuk shaxslar yetishib chiqadi deb umid qilamiz... O‘zbekistondagi barcha qizlarni ham bugungi bayram bilan tabriklaymiz.

Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabaevna axboroti

                 Universitet matbuot xizmati