TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

Xalqaro psixologlar festivali

23-27 oktabr kunlari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan "Kamalak jilosi" oila psixologiyasi va psixoterapiyasi 10 - Xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Farg'ona mintaqaviy filiali tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan tashkillashtirildi.

Ushbu festival doirasida turli mavzularga oid seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari, bahs va munozaralar olib borildi. Festivalda oilaviy muammolarni hal qilish; er-xotinlik hamda ota-ona va bola munosabatlari; qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-pedagogik  yordam ko'rsatish; maktabda hamda oiladagi tazyiq va zo'ravonlik; xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi; rivojlanishida  o'ziga xosligi bo'lgan bolalarning ota-onalariga kompleks yordam berish va qo'llab-quvvatlash; bolalarni tarbiyalash; mutaxassislarda "kasbiy yonish" sindromini oldini olish kabi ko‘plab mavzular doirasida seminar treninglar o'tkazildi. Festivalda Rossiya federatsiyasi, Shri-lanka, Qozog 'iston davlatlari hamda yurtimizning yetakchi psixologlari, pedagoglari, shifokorlari, psixoterapevtlari, oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasining mutaxassislari o' zaro tajriba va bilimlar almashdilar. Festivalda barcha ishtirokchilar faol qatnashdilar va ish-faoliyatlarida qo'l keladigan ko'plab yangi ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati