TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2023

Xalqaro olimpiada - hamkorlik ta’lmning asosiy poydevori

Bir necha yildan buyon an’anaga aylangan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va Afg‘oniston OTMIari ishtirokida "Barqaror rivojlanish  maqsadlari" mintaqaviy tаlаbаlаr olimpiadasining milliy bosqichi o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil 17-aprel kuni ushbu xalqaro olimpiadaning milliy bosqichi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tdi. Olimpiadani “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Abdulxakim Saloxiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shuningdek olimpiadani ochilishida Qozoq-Nemes universiteti prorektori Barbara Yanush-Pavletta, o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, xalqaro olimpiada ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladi.

Olimpiadaning 1-bosqichi online shaklda test sinovlari ko‘rinishida o‘tkazildi va birinchi boqich natijalari shu kunning o‘zida e’lon qilindi. G‘oliblar olimpiadaning 2-bosqichiga yo‘llanma oldilar. Xalqaro talabalar olimpiadasida mamlakatimizning 13 ta oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishmoqda.

Olimpiada yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti