TIQXMMI yangiliklari

img
22.11.2023

Xalqaro nogironlar kuni

3 - dekabrXalqaro nogironlar kuni" sifatida Respublikamizda keng nishonlanishi, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʼlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, imkoniyati cheklanganlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʼstona boʼlgan jamiyat qurishdan iboratdir.

 “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bugun Olmazor tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106 - sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʼquvchilari uchun “Yer resurslari va kadast” fakulteti rahbariyati hamda institut yoshlar ittifoqi jamoasi tashabbusi bilan “Mehrli qoʼllar mehr ulashmoqda” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda  fakultet bir guruh tashabbuskor talabalari va xodimlari ishtirok etib, oʼquvchilarning koʼnglini koʼtaruvchi sheʼriy va musiqali chiqishlari bilan ishtirok etib bolajonlarni xursand qilishdi.

Tadbir bayramona tarzda boʼlib oʼtdi. Tadbir davomida maktab oʼquvchilariga oʼquv qurollari va esdalik sovgʼalari tuhfa etildi. Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning oliy koʼrinishidir, shu boisdan barchani bir-biriga mehrli boʼlishi tilakdoshimiz.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati